Qaytarish siyosati
Mahsulotni qaytarish va almashtirish tartibi
Muhim Eslatka
Mahsulotni qabul qilib olayotganda uning butunligini kuryer oldida tekshirib oling.
1. Qaytarish huquqi
O'zbekiston Respublikasi 'Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida'gi qonuniga muvofiq, xaridor sifatli mahsulotni 10 kun ichida qaytarish yoki almashtirish huquqiga ega.
2. Qaytarish shartlari
Mahsulot quyidagi hollarda qaytarib olinadi:
- Mahsulot ishlatilmagan bo'lsa;
- Tovar ko'rinishi va qadoqlari saqlangan bo'lsa;
- Xarid cheki yoki to'lovni tasdiqlovchi hujjat mavjud bo'lsa.
3. Qaytarib olinmaydigan mahsulotlar
Quyidagi tovarlar qaytarib olinmaydi (agar nuqsoni bo'lmasa):
- Shaxsiy gigiena vositalari;
- Tibbiy buyumlar va dori vositalari;
- Atir-upa va kosmetika vositalari.
4. Nuqsonli mahsulotlar
Agar mahsulotda zavod nuqsoni aniqlansa, u kafolat muddati davomida bepul ta'mirlanadi yoki yangisiga almashtirib beriladi.
5. Pulni qaytarish
Mahsulot qaytarib olingandan so'ng, to'lov summasi 3 ish kuni ichida qaytariladi.
